O‘zbekiston va YeOII

YeOII Bojxona kodeksiga o‘zgartirish kiritiladi

Tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida bo‘lgan YeOII Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘plami biznes hamjamiyatining takliflarini aks ettiradi.
Sputnik
TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining (YeOII) Bojxona kodeksiga kiritilgan tuzatish va o‘zgartirishlar to‘plami tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) bojxona hamkorligi bo‘yicha hay’at a’zosi (vazir) Ruslan Davidov Yevroosiyo logistika kuni tadbirida ma’lum qildi, deya xabar berdi YeIK matbuot xizmati.
“Navigatsiya tamg‘alarini joriy etish, bojxona tranzitining yagona tizimi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish YeOII hududi bo‘ylab tashishni rivojlantirishga yordam beradigan muhim qadamlardir”, - dedi YeIK vaziri.
Davidovning so‘zlariga ko‘ra, tayyorgarlikning so‘nggi bosqichida bo‘lgan YeOII Bojxona kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘plami biznes hamjamiyatining takliflarini aks ettiradi va YeOII logistika salohiyatini oshirish uchun normalarni o‘z ichiga oladi.
Ular orasida – konteynerlarni deklaratsiyalashni bekor qilish, elektron hujjatlarni qo‘llashni kengaytirish, kabotaj va kontrayler tashishni tartibga solish.
“O‘tish punktlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan tovarlar va transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tezda qayta ishlashga va nazorat tartib-taomillari vaqtini qisqartirish orqali bunday harakatlanish hajmini sezilarli darajada oshirishga imkon beradi”, - dedi u.
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII ekspert hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi