TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining (YeIK) Raqobat va monopoliyaga qarshi tartibga solish bo‘yicha hay’ati a’zosi Maksim Yermolovich hamda O‘zbekiston Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Xalilullo Turaxo‘jayev o‘rtasida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida raqamli platformalarni tartibga solish sohasida qo‘shma maslahatlashuvlar, forum va seminarlar o‘tkazish, tajriba va ilg‘or amaliyotlar almashish istiqbollari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro ekspert hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.