TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Ukraina harbiylari Sumi yo‘nalishida Kondratovka hududida qarshi hujumga o‘tishga urindi, biroq ular to‘liq tor-mor etildi. Bu haqda RIA Novostiga kuch ishlatar tuzilmalardagi manba ma’lum qildi.
“Ukraina jangarilari 158-alohida mexanizatsiyalashgan brigada bilan Kondratovka hududida qarshi hujumga o‘tishga urinishdi. Baravariga o‘t ochish jarayonida hujum qaytarildi, dushmanning hujumchi guruhi to‘liq yakson qilindi”, - deyiladi xabarda.
Eslatamiz, Rossiya harbiylari sentabr oxirida Sumi viloyatidagi muhim strategik Yunakovka qishlog‘ini ozod qilgan edi.