TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Andreyevka hamda Donesk Xalq Respublikasidagi Moskovskoe aholi punktlarini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Andreyevka aholi punktinni ozod qildi”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Markaz” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol hujum harakatlari natijasida DXRdagi Moskovskoe aholi punktini ozod qilgani, shu bilan birga Dimitrov aholi punktining sharqiy qismiga kirib, turar-joy kvartallarida hujumni rivojlantirayotgani ma’lum qilingan.