TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Harbiy harakatlar hududidagi vaziyat Ukrainaning davlat sifatida yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko shunday fikr bildirdi.
Belarus yetakchisining ta’kidlashicha, u har kuni Rossiya Qurolli kuchlari frontda faol olg‘a siljiyotganini kuzatmoqda. Lukashenko tez harakat qilish kerakligini qayd etdi.
“Bu Ukrainaning davlat sifatida yo‘q bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, - dedi siyosatchi “Rossiya 1” jurnalisti Pavel Zarubinga bergan intervyusida.
Lukashenkoning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina mojarosini hal qilish muammosi Vladimir Zelenskiyda.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbariyati bilan yig‘ilishda maxsus harbiy operatsiya hududidagi butun jangovar tutashuv chiziqlari bo‘ylab strategik tashabbus Rossiya Qurolli kuchlari tomonida ekanini ma’lum qilgandi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi butun front bo‘ylab chekinmoqda, Rossiya armiyasi esa 5 ming kv. km. va 219 ta aholi punktini nazoratga olgan.