Toshkentdagi talabalar shaharchasi shunchaki manzil emas, balki minglab o‘zbekistonliklar va nafaqat ularning xotirasida qamrab olgan butun bir davrdir. O‘tgan asrning 60-70 yillarida u jadal qurilish va rivojlanishni boshladi, zilziladan, so‘ng turg‘unlik va qayta qurish davrlarini ham boshdan kechirdi. U yoshlik, do‘stlik va kelajakka ishonch timsoli bo‘lib, nihoyat zamonaviy O‘zbekistonning ajralmas qismiga aylandi. Talabalar shaharchasi bilan bog‘liq ko‘plab shaxsiy xotiralarni Sputnik muxbiri to‘pladi.
Jurnalist va tarixchi Boris Golender Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) kimyo fakultetini tugatgan.
“Dastlabki binolarni ToshDU uchun qurishni boshlashdi: bular fizika va kimyo fakultetlari, rektorat va unga tutash fakultetlarning mahobatlibinosi edi. Keyin Politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) va yotoqxonalar shaharchasi qurildi. Darvoqe, Kimyo fakulteti binosi aynan zilzila paytiga kelib qurib bitkazilgan edi", - dedi u.
O‘sha yillarda Toshkentda “Kitobxon” deb nomlangan O‘zbekiston kitobsevarlarining ko‘ngilli jamiyati tashkil etilgan. Golenderning ta’kidlashicha, jamiyatning eng kuchli bo‘linmasi universitetda bo‘lgan.
“Dastlab jamiyat kutubxonasi shahar markazida, Yuriy Gagarin nomidagi Toshkent aviatsiya texnikumi binosida joylashgan edi. Hozirgi kunda u yerda Xalqaro Vestminster universiteti faoliyat yuritmoqda. Bu yerda juda achinarli yong‘in sodir bo‘ldi, ko‘plab qimmatli nashrlar yo‘q bo‘lib ketdi. Shu sababli asosiy kutubxonani ham talabalar shaharchasiga ko‘chirishga qaror qilingan”, - deydi u.
O‘zbekiston Milliy universiteti professori Yoqutxon Mamatova universitet shaharchasi bilan ilk bor o‘tgan asrning 80-yillari boshida, o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgani kelganida tanishgan.
U bu bu yerda Kot-d’Ivuar, Yashil Burun orollari, Shimoliy Afrikaning deyarli barcha davlatlari, Janubiy va Shimoliy Yaman, arab mamlakatlari, Suriya, Eron, Iroq, Mo‘g‘uliston, Bolgariyadan talabalar, deyarlibutun sotsialistik lagerning yoshlari ta’lim olganligini eslaydi. Yorqin xotiralaridan biri 1986-yilda Meksikada bo‘lib o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati, o‘shanda yotoqxonalar qizg‘in muhitga to‘lib, talabalar sevimli jamoalari uchun jon kuydirib muxlislik qilishgan.
“Eng muhimi - teri rangi, e’tiqodi va millati turlicha bo‘lgan bu yoshlarning barchasini bitta narsa - kitoblar, bilim va ilm-fanga bo‘lgan muhabbat birlashtirar edi”, - deydi u.
Boris Golenderning aytishicha, oliy o‘quv yurtlari shaharchasi jamoat transportini rivojlantirish uchun ham rag‘bat bo‘ldi.
“Odamlar u yerga qandaydir yetib borishlari kerak edi. Avvaliga avtobus yo‘nalishlari va tramvaylar yo‘lga qo‘yildi. Keyinchalik metro ham qurildi. Shunday qilib, birinchi liniyani kesib o‘tgan ikkinchi metro liniyasi talabalar shaharchasigacha cho‘zildi. Va darhol biz yoshlarning katta to‘plamini ko‘rdik”,- deb, hikoya qiladi u.
90 yillar boshida sobiq Ittifoqning barcha milliy respublikalari qiyin davrni boshdan kechirdi. O‘zbekiston ham yangi davrga qadam qo‘ydi, yoshlar onglari uchun ham kurash ketayotgan edi. Mahsulotlar tanqisligi davri ham hukm surardi.
“Umuman olganda, talabalar shaharchasi bu og‘ir davrlarni or-nomus bilan yengib o‘tdi. Kayfiyat jihatidan esa, barcha qiyinchiliklarga qaramay, bu yerda jahon xalqlari madaniyati, raqs va qo‘shiqlari festivallari, shuningdek, disk-jokeylar musobaqalarini muvaffaq bo‘lishdi", - deb xotirlaydi Mamatova.
Talabalar shaharchasida xalqaro nikohlar ham sodir bo‘lgan, aspirantlarning yosh oilalarida farzandlar dunyoga kelgan. Albatta, har kuni yangi kashfiyotlar va ilmiy izlanishlar ham “tug‘ilardi”.
Yoqutxon Mamatovaning fikricha, bugungi universitet shaharchasi biroz o‘zgacha, ammo xuddi shunday “faol”: u shiddatli innovatsiyalar, kashfiyotlar, imkoniyatlarni namoyish etish davrini boshdan kechirmoqda. Bu yerda muntazam ravishda ko‘rgazma, festival, texnik, madaniy, adabiy, falsafiy tadbirlar, sport musobaqalari, KVN va boshqa turli xil tanlovlar o‘tkaziladi.
Professorning fikricha, talabalar shaharchasi doimo navqiron: bu yerda tushkunlikka tushish, biror narsani eplay olmasligingiz haqida gapirish yoki nimanidir qilmaslik uchun bahona izlashga o‘rin yo‘q. Bu yerda har doim o‘zingizni yengish uchun imkoniyatlar qidirish kerak.
“Biz ilgarigidek talabalarga ta’lim berishni davom ettirapmiz. Bunda nafaqat o‘quv dasturlari va rejalaridagi fanlarni. Biz ularga hayotni sevish, bir-birini doimo ijobiy qabul va hurmat qilish kerakligi haqidagi bilimlarni ham ulashamiz”, - deydi u.
Bugun ham talabalar shaharchasi faol hayot bilan yashashni davom etmoqda. Infratuzilmadagi o‘zgarishlarga qaramay, u o‘ziga xos talabalik muhitini saqlab qolmoqda.
Batafsil - Sputnik videosida.