Doktorantura va boshqa ilmiy tadqiqot yo‘nalishlariga qabul kvotasi tasdiqlandi

Barcha yo‘nalishlarga 5300 ta kvota ajratilgan. Shundan 4094 tasi tayanch doktorantura, 714 tasi doktoranturaga beriladi.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. 2026 yil uchun stajor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura, doktoranturaga ilmiy kadrlarni tayyorlash bo‘yicha qabul kvotasi tasdiqlandi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi xabar qildi.
Mazkur yo‘nalishlardagi ta’lim ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalarida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Yuqoridagi barcha yo‘nalishlarga 5300 ta kvota ajratilgan. Shundan 4094 tasi tayanch doktorantura, 714 tasi doktorantura, 398 tasi stajor-tadqiqotchi yo‘nalishlariga beriladi. O‘z navbatida maqsadli doktoranturaga (DSc va PhD) 76 ta o‘rin ajratiladi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllari va stajor-tadqiqotchilik uchun hujjatlar qabuli 2025-yil 5-noyabrgacha davom etadi.
O‘zbekiston oliygohlarida magistratura uchun qo‘shimcha qabul e’lon qilindi