Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Dmitriyev: Rossiya va AQSh muloqoti Alyaskadagi kelishuvlar asosida davom etmoqda

Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakilining so‘zlariga ko‘ra, prezident Tramp ma’muriyatida Stiv Uitkoffning ta’siri susaygani” to‘g‘risidagi mish-mishlar umuman asossiz bo‘lib chiqqan.
Sputnik
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Rossiya va AQSh muloqoti Alyaskadagi sammitda erishilgan kelishuvlar asosida davom etmoqda. Bu haqda Rossiya prezidentining xorijiy mamlakatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.
“Tinchlik jarayonlari dushmanlari tomonidan to‘qib chiqarilgan va tarqatilayotgan “prezident Tramp ma’muriyatida Stiv Uitkoffning ta’siri susaygani” to‘g‘risidagi mish-mishlar umuman asossiz bo‘lib chiqdi. <...> Rossiyaning Tramp jamoasi bilan muloqoti Alyaskadagi sammitda erishilgan kelishuvlar asosida davom etmoqda”, - deya yozdi u o‘zining Telegram-kanalida.
Dmitriyevning ta’kidlashicha, G‘azo bo‘yicha rejani amalda oshiishda muvaffaqiyatga erishgan AQSh prezidentining maxsus vakili Uitkoff muzokaralar jarayonlarida o‘zining asosiy rolini saqlab qolmoqda va kuchaytirmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Putin: Rossiya va AQSh “Alyaskadagi kelishuvlar doirasida qolmoqda”