O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonalarini qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilishi mumkin

Ilzat Kasimov Xitoy tadbirkorlari uyushmasi raisi bilan qo‘shma korxonalarni qo‘llab-quvvatlash markazi va investitsiya alyansini tashkil etish kabi tashabbuslarni muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonalarini qo‘llab-quvvatlash markazi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari uyushmasi raisi Lyu Yu bilan uchrashuvda shuni muhokama qildi.
Uyushma O‘zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan qurilish, muhandislik, qishloq xo‘jaligi, energetika va telekommunikatsiya sohalaridagi 100 tadan ortiq xitoy kompaniyalarini birlashtiradi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Kompleks markaz tashkil etish, O‘zbekiston sanoat zonalariga investitsiyalarni jalb qilish markazini tuzish, Xitoyda investitsiya yo‘l xaritalari (road-show)ni tashkil etish hamda O‘zbekiston–Xitoy investitsiya alyansini shakllantirish tashabbuslari muhokama qilindi.
Mazkur tashabbuslarning amalga oshirilishi sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston va Serbiya sanoat va energetikadagi yangi loyihalarni muhokama qildi