Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbarining ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirildi

Igor Kartavix hozir Bokuda.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavixga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirildi. Bu haqda “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi bosh direktori Dmitriy Kiselov ma’lum qildi.

“Sputnik Ozarbayjon rahbari Igor Kartavixga nisbatan ehtiyot chorasi uy qamog‘iga o‘zgartirildi. U hozir Bokuda”, - dedi Kiselov.

Eslatamiz, 30-iyun kuni Ozarbayjon hukumati “Rossiya segodnya” tarkibiga kiruvchi Ozarbayjondagi Sputnik agentligining yetti xodimini asossiz qo‘lga olgan edi.
Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharriri Yevgeniy Belousov to‘rt oyga hibsga olingandi.
“Rossiya segodnya” media guruhi Ozarbayjon hukumatini o‘z xodimlarini ozod qilishga va nomaqbul vaziyatni zudlik bilan tartibga solishga chaqirgan.
Sputnik Ozarbayjon jurnalistlari tezroq o‘z vataniga qaytarilishi kerak — Kiselov