Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Putin: Rossiya va AQSh “Alyaskadagi kelishuvlar doirasida qolmoqda”

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, har ikki tomondan yana nimalarnidir oxiriga yetkazish zarur.
Sputnik
TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya va AQSh Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida Alyaskadagi sammit chog‘ida erishilgan kelishuvlar doirasida qolmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Bu qo‘shimcha sa’y-harakatlarni talab qiluvchi Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning qiyin masalalari, lekin biz Ankorijdagi muzokaralar negizida qolyapmiz. Biz bu yerda o‘zimiz uchun hech narsani o‘zgartirmayapmiz, o‘ylaymizki, har ikki tomondan yana nimalarnidir oxiriga yetkazish zarur, biroq biz umuman Alyaskadagi kelishuvlar doirasida qolmoqdamiz” – dedi Rossiya rahbari Dushanbedagi matbuot anjumani chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Tramp 15-avgust kuni Alyaskadagi Ankorij shahridagi harbiy bazada uchrashdi. Muzokaralar yakunlari bo‘yicha ikki davlatning natijalarga erishish qat’iyati va hamkorlikda ish olib borish uchun ko‘plab yo‘nalishlar mavjudligi qayd etildi. Prezidentlar, shuningdek, Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun harakat qilishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
“Foydali va o‘z vaqtidagi suhbat”: Putin Alyaskadagi sammit bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi