TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dushanbedagi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
O‘z nutqida Rossiya rahbari Hamdo‘stlik doirasidagi hamkorlik masalalarga to‘xtaldi.
Asosiy fikrlar:
Rossiyaning MDH davlatlari bilan tovar aylanmasi 2024-yilda 7% ga, 112 mlrd dollargacha o‘sdi;
MDHda deyarli barcha o‘zaro hisob-kitoblar endi milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda. 2025-yil I yarmida ularning ulushi 96% ga yetdi.
YeOII eshiklari doim ochiq;
ShHTga MDHda kuzatuvchi maqomi berish to‘g‘risidagi hujjat loyihasi tayyorlandi;
Rossiya MDH+ formatida faoliyatni yo‘lga qo‘yishni ma’qullaydi;
MDHda raislik vazifasi 2026-yilda Turkmanistonga o‘tadi.
Putin MDH davlatlari rahbarlarini yil oxirida Sankt-Peteburgda tashkilotning norasmiy sammitiga taklif qildi.
Rossiya rahbari mamlakatlar MDH kabi maydonni saqlab qolishga erishgani muhimligini qayd etdi.
“O‘ylaymanki, eng asosiysi shundan iboratki, biz MDH kabi maydonni nafaqat muloqot uchun, balki ham umumiy bozor, ham umumiy gumanitar maydon sifatida saqlab qolishga erishdik”, - dedi Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MDH 30-yildan ziyodroq vaqt mobaynida nufuzli mintaqaviy va integratsiya birlashmasi sifatida nom qozondi.