TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) ishining mavjud mexanizmi bu xalqaro birlashmaning hamma ishtirokchilari uchun nafli va foydali. YeOII eshiklari hamma uchun ochiq. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“YeOII eshiklari hamisha ochiq. Mening fikrimcha, bu foydali, iqtisodiy foyda beradi, katta bozorlarni ochadi, kooperatsiya uchun yaxshiroq shart-sharoitlar yaratadi”, - dedi Putin Dushanbedagi MDH sammitida.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, YeOIIda qo‘llanilayotgan vositalar har qanday holatlarda ham ulardan foydalanish imkonini beradi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.