TOShKENT, 9 okt – Sputnik. “O‘zmetkombinat” AJ tomonidan 132,5 million yevro miqdorida xalqaro moliyalashtirish jalb etdi. Bu haqda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Moliyalashtirish "Standard Chartered Bank" va "KfW IPEX-Bank GmbH", ICIEC — Islom investitsiyalar va eksport kreditlarini sug‘urtalash korporatsiyasi kafolati ostida tashkil etildi.
Ta’kidlanishicha, bu bitim O‘zbekiston sanoatining xalqaro moliya tizimidagi ishonchliligini va investorlar uchun ochiqligini mustahkamlaydi.
Mazkur hamkorlik mamlakat metallurgiya tarmog‘ining modernizatsiyasi, eksport salohiyatining oshishi va ishlab chiqarish zanjirlarining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.