O‘zbekiston elchisi Iroq prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning Favqulodda va muxtor elchisi Iroq Prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi. Suhbat chog‘ida Prezident elchini tabriklab, faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi
Sputnik
TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekiston elchisi Ayubxon Yunusov Iroq prezidenti Abdullatif Rashidga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
Marosim doirasida bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Iroq prezidenti O‘zbekistonning Iroqdagi elchisi etib tayinlanganidan mamnunligini bildirib, diplomatga mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Eslatib o‘tamiz, Ayubxon Yunusov Toshkent islom instituti, "Al-Azhar" universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent yuridik institutini tamomlagan. Yuridik fanlar nomzodi. 2003-yildan buyon TIV tizimida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelmoqda.
O‘zbekiston JARda ilk elchisini tayinladi