TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi Kuvaytga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi.
“Olimpiya” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin 2:0 hisobida O‘zbekiston foydasiga yakunlandi.
“Oq bo‘rilar” tarkibida gollarga Eldor Shomurodov va Hojimat Erkinov mualliflik qilishdi.
Bu bahs yangi italiyalik murabbiy Fabio Kannavaro uchun boshqaruvidagi birinchi o‘yin bo‘ldi.
Match Uzbekistan-Kuveyt
© Press-slujba Assotsiatsii futbola Uzbekistana
Endi o‘zbekistonlik futbolchilar 13-oktabr kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda Urugvayga qarshi maydonga tushadi.