TOShKENT, 9 okt – Sputnik. O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha yangi tizim yaratiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirishga oid taqdimotda tegishli topshiriq berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po sovershenstvovaniyu sistemi preduprejdeniya i ustraneniya chrezvichaynix situatsiy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Ma’lum qilinishicha, sohada 30 tadan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani bilan haligacha favqulodda vaziyatlar muhofazasi bo‘yicha kompleks dastur yo‘q. Bundan 16-yil oldin qabul qilingan "Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida"gi qonun ham eskirgan.
Shu bois favqulodda vaziyatlarni oldindan baholab, tezkor va proaktiv ishlaydigan tizim yaratish vazifasi qo‘yilgan. Taqdimotda mutasaddilar shu boradagi tahlil natijalari, mavjud muammolar va takliflarini bayon qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po sovershenstvovaniyu sistemi preduprejdeniya i ustraneniya chrezvichaynix situatsiy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Hozir favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktika ishlari asosan davlat idoralarida amalga oshiriladi. Lekin bunday holatlarning 70 foizdan ortig‘i aholi xonadonlarida nosoz, muddati o‘tgan gaz va elektr jihozlaridan foydalanish, xavfsizlik madaniyatiga rioya qilmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda.
Shuning uchun tizim ishini mahallalarda tashkil etib, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, xavfsizlik madaniyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan har bir mahalla, har bir ko‘cha va xonadonni qamrab olishi zarurligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda sohada raqamli texnologiyalar va zamonaviy texnik vositalardan foydalanish darajasi ancha pastligi, bu boradagi ishlar xanuzgacha zamon talablariga moslashtirilmagani ham qayd etildi.
"Shu bois sohada raqamli infratuzilma yaratish, favqulodda vaziyat haqida xabar berishdan boshlab, uni to‘liq bartaraf etishgacha bo‘lgan hamma jarayonlarni raqamlashtirish, shuningdek, yangi ishlash mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi", — deyiladi xabarda.
Favqulodda vaziyatlarni tezkor bartaraf qilish uchun zamonaviy texnika va jihozlarni ko‘paytirish, ularni O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey po sovershenstvovaniyu sistemi preduprejdeniya i ustraneniya chrezvichaynix situatsiy.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Bundan tashqari, "yashil" texnologiyalar orqali yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yangi turdagi texnogen xavflarni baholab, oldini olish uchun zamonaviy kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish dolzarbligi qayd etildi.
Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida dual ta’limni yo‘lga qo‘yish va malaka oshirish markazini tashkil etish, professional qutqaruvchilarni tayyorlash, o‘qitish va ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish topshirildi.