Toshkentda ko‘krak bezi saratoni bo‘yicha bepul skrining va forumlar o‘tkaziladi

JSST oktabrni ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash oyi deb e’lon qilgan. O‘zbekistonda oylik “Erta aniqla – hayotni saqla” shiori ostida o‘tmoqda hamda bepul skrining va forumlar o‘tkazilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan oktabr oyi ko‘krak bezi saratoniga qarshi kurash oyi sifatida e’lon qilingan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yil O‘zbekistonda mazkur oy “Erta aniqla – hayotni saqla” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Oylik doirasidagi tashabbuslar Sog‘liqni saqlash vazirligi va Strategik islohotlar agentligining “Delivery Unit” guruhi tomonidan, yirik korxonalar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Oylik doirasida rejalashtirilgan tadbirlar:
13–15 oktabr — Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy markazida bepul ko‘krak bezi saratoni skriningi o‘tkaziladi;
25 oktabr — onkolog, ginekolog va faol ayollar ishtirokida forum tashkil etiladi;
Oy davomida UNFPA Uzbekistan tomonidan oliy ta’lim muassasalarida axborot-targ‘ibot tadbirlari hamda fotoko‘rgazmalar o‘tkaziladi.
Shuningdek:
ko‘krak bezi va bachadon bo‘yni saratoni bo‘yicha maxsus axborot portali ishlab chiqilmoqda;
Andijon, Ishtixon, Urganch va Qo‘ng‘irot tumanlariga yangi mammografiya uskunalari yetkazilmoqda.
Loyiha inson hayotining eng muhim qadriyati asrash va unga befarq bo‘lmaslik g‘oyasini ilgari suradi.
Viloyat va tumanlarda tibbiy xizmatlar soni kengaytiriladi