“Sirli mijoz” va raqamli nazorat: iste’molchi huquqlari himoyasi kuchaytiriladi

Yangi qarorga muvofiq, raqamli markirovka tizimi orqali muddati o‘tgan tovarlar savdosi avtomatik ravishda to‘xtatiladi, “sirli mijoz” va nazorat xaridi amaliyoti joriy etiladi
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi. 6-oktabr kuni prezidentning tegishli qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.
Bunda raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.
2025 yil 15-oktabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab “iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda biznes va iste’molchilar uchun xavfsiz va shaffof muhit yaratilmoqda