Ichki ishlar vaziri O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi raisi etib saylandi

Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasiga rahbarlik qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov O‘zbekiston Aralash jang san’ati (MMA) assotsiatsiyasi raisligiga saylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aziz Toshpo‘latov ayni paytda O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisi hamdir.
MMA assotsiatsiyaga 2020-yil 14-avgustdan buyon mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rahbarlik qilib kelayotgan edi.
O‘zbekistonda Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi 2019-yilda tashkil etilgan. O‘shanda assotsiatsiya prezidentligiga nomzodlar orasida eng ko‘p ovoz to‘plagan Otabek Umarov saylangandi.
MMA dunyodagi eng mashhur sport turlaridan biri. Ushbu sport turi bo‘yicha o‘zbekistonlik ko‘plab sportchilar allaqachon jahon maydonlarida shuhrat qozongan.
MMA bo‘yicha jahon chempionati: O‘zbekiston yoshlar jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi