Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya hududidagi strategik tashabbus Rossiya QKda – Putin

Ma’lum qilinishicha, Ukraina armiyasi butun front bo‘ylab chekinmoqqda, Rossiya armiyasi esa 5 ming kv. km. Va 219 ta aholi punktini nazoratga olgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya hududidagi butun jangovar tutashuv chiziqlari bo‘ylab strategik tashabbus Rossiya Qurolli kuchlari tomonida. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mudofaa vazirligi va Bosh shtab rahbariyati bilan yig‘ilishda ma’lum qildi.
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Ukraina armiyasi butun front bo‘ylab chekinmoqda, Rossiya armiyasi esa 5 ming kv. km. va 219 ta aholi punktini nazoratga olgan.

“Dushman, qat’iy qarshilik ko‘rsatish urinishlariga qaramay, butun jangovar tutashuv chiziqlari bo‘ylab chekinmoqda”, - dedi Putin.

Rossiya prezidentining ta’kidlashicha, Kiyev rejimi Rossiyaning tinch obyektlariga zarba berishga urinmoqda, biroq bu Kiyevga yordam bermaydi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Kreml Ukrainaga ehtimoliy “Tomahawk” yetkazib berilishi oqibatlaridan ogohlantirdi