Hokimiyat organlarida boshqaruv shtatlari maqbullashtiriladi — yangi qonun

Yangi farmonga ko‘ra, ijro hokimiyat organlarida raqamli texnologiyalar joriy etilib, boshqaruv shtatlari maqbullashtiriladi. Tashabbus samaradorlikni oshirish va xarajatlarni qisqartirishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt – Sputnik. “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatiga raqamlashtirishni keng joriy etish hisobiga boshqaruv shtat birliklari sonini maqbullashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni (PF–178-son, 04.10.2025 y.) qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi mtabuot xizmati xabar berdi.
Farmondan ko‘zlangan maqsad etib, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligini ta’minlash hamda boshqaruv xarajatlarini qisqartirish belgilandi.
2025 yil 1-noyabrdan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining maqbullashtiriladigan boshqaruv shtat birliklari soni tasdiqlandi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari:
- sohaga oid bo‘lmagan vazifalarning qisqartirilishi va faoliyatiga raqamli texnologiyalarning joriy etilishini;
-️ ma’lumotlarni qayta ishlash hamda sun’iy intellektga asoslangan loyihalarni ishga tushirish uchun texnik infratuzilma yaratish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarida mazkur yo‘nalishdagi ustuvor loyihalar amalga oshirilishini;
-️ sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha aholining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, kadrlar salohiyati rivojlantirilishini ta’minlab boradi.
Mirziyoyev: sun’iy intellektni jadal rivojlantirish uchun ilg‘or tajribalarni joriy etish kerak