TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi va AQSh Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyadagi muvaffaqiyatlarini e’tiborsiz qoldirmoqda, deya yozadi Amerikaning “The National Interest” (NI) jurnali.
Nashrning yozishicha, Brussel, Vashington va London NATO tomonidan yetkazib berilayotgan qurollar Kiyevga Rossiya muvaffaqiyatining oldini olishga yordam berish imkoniyatini bermayotganini ko‘rmayapti.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin maxsus harbiy operatsiya hududidagi butun jangovar tutashuv chiziqlari bo‘ylab strategik tashabbus Rossiya Qurolli kuchlari tomonida ekani va dushman front chizig‘i bo‘ylab chekinayotganini ma’lum qilgan edi.