TOShKENT, 8 okt – Sputnik. 7-oktabr kuni Ozarbayjonda o‘tayotgan III MDH o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medali qo‘lga kiritishdi. Bu haqda mamlakat Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar:
Javohir Sharifboyev (yunon-rum kurashi, –45 kg)
Farid Karomov (yunon-rum kurashi, –48 kg)
Abdulaziz Xolmirzayev (yunon-rum kurashi, –80 kg)
Kumush medallar:
Saidamir Ne’matov (yunon-rum kurashi, –110 kg)
Chavgon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Bronza medallar:
Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi, –65 kg)
Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi, –92 kg)
Qilichbozlik (shpaga, yigitlar jamoaviy)
Qilichbozlik (sablya, qizlar jamoaviy)
Badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy)
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasidagi medallar 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronzani tashkil etmoqda.
Bugun musobaqada so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.