O‘zbekiston para yengil atletlari jahon chempionatidan 12 medal bilan qaytdi

Para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi — 5 oltin, 5 kumush va 2 bronzani qo‘lga kiritdi. Sportchilar Toshkent xalqaro aeroportida katta tantana bilan kutib olindi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Jahon chempionatini muvaffaqiyatli o‘tkazgan O‘zbekiston para yengil atletikachilari O‘zbekistonga qaytishdi. Bu haqda Sport vazirligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, 27-sentabr-5 oktabr kunlari Hindistonning Nyu-Dehli shahrida para yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
Dunyoning 109 ta mamlakatidan jami 1400 nafarga yaqin sportchilar qatnashgan ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.
Matonatli sportchilar Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbariyati, OAV vakillari hamda yaqinlari tomonidan kutib olindi.
O‘zbekiston MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida 23 ta medal qo‘lga kiritdi