O‘zbekiston va Belarus terrorizm va jinoyatchilikka qarshi kurashishni kuchaytiradi

Tadbirda ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha fikr almashildi
Sputnik
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus respublikalari ichki ishlar vazirliklari o‘rtasidagi idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhning navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda vazirliklar o‘rtasidagi idoralararo hamkorlik munosabatlari, xavfsizlikni ta’minlash, terrorizm, ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlikni yanada kuchaytirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Muloqot ishtirokchilari bugungi kunda ikki davlat ichki ishlar vazirliklari o‘rtasida tezkor-qidiruv faoliyati yo‘nalishida umumiy maqsadlarga erishishga imkon beruvchi samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini alohida e’tirof etishdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan tadbir yakunida idoralararo muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh uchrashuvining bayonnomasi imzolandi.
Shuningdek, Belarus delegatsiyasining Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Toshkent shahrida xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari faoliyati bilan tanishishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston terrorizm va jinoyatchilikka qarshi hamkorlikni kuchaytiradi