O‘zbekiston–Belarus forumi: ta’limdagi hamkorlik va innovatsion loyihalar muhokama qilinadi

Forum doirasida ikki davlatning oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida yangi kelishuvlar imzolanadi, qo‘shma loyihalar taqdim etiladi va dual ta’lim tajribasi muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Farg‘ona shahrida O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi hamkorligida “Innovatsion hamkorlik: oliy va professional ta’lim masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Belarus forumi” mavzusidagi Ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.
Belarus va O‘zbekiston delegatsiyalari, shuningdek, xorijiy mehmonlar milliy kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida tantanali kutib olindi.
Tadbir davomida ikki davlat oliy va kasbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik kelishuvlarini imzolash, qo‘shma ilmiy va innovatsion loyihalar taqdimotlarini o‘tkazish, shuningdek, dual ta’lim tizimi yo‘nalishida ilg‘or tajribalar almashinuvi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Belarus ta’lim tizimini rivojlantirishga kelishib oldi — tafsilotlar