TOShKENT, 7 okt – Sputnik. "O‘zbekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuasida Bojxona qo‘mitasi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamkorligida ilk bor “Mahalliy kontentni oshirishda importni optimallashtirish” mavzusidagi “Uzbek Import Fair 2025” I xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi, deya xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Tadbirning ochilish marosimida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Bojxona qo‘mitasi raisi Akmalxo‘ja Mavlonov, Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov hamda qator davlat tashkilotlari rahbarlari, nufuzli xalqaro brendlar va distribyutorlar, investorlar, respublikaning barcha hududlaridan kelgan tadbirkorlar hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etishdi.
Ko‘rgazmada O‘zbekistonda ishlab chiqarish imkoniyati yuqori bo‘lgan, ammo eng ko‘p import qilinayotgan 3 taming turdan ortiq mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Ko‘rgazma doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ichki bozordagi real ehtiyojni o‘rganish, shuningdek, xorijiy brendlar va transmilliy kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbirda Rossiya, Janubiy Koreya, Misr, Ozarbayjon, Pokiston, Slovakiya, Kuvayt va boshqa mamlakatlarning kompaniyalari hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirok etmoqda.
Shuningdek, sanoatning 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha mahalliy kontentni rivojlantirish va importni qisqartirishga qaratilgan samarali yechimlar muhokamasiga bag‘ishlangan panel sessiyalar ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.