TOShKENT, 7 okt – Sputnik. BMTning UNCTAD tashkilotining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari uchun Jahon investitsiyalari to‘g‘risidagi asosiy ma’ruzasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir UNCTAD Kotibiyati va Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etildi.
UNCTAD investitsiya tadqiqotlari bo‘limi rahbari Richard Bolviynning so‘zlariga ko‘ra, global oqimlarning qayta taqsimlanishi sharoitida mintaqada Xitoy va Yaqin Sharq mamlakatlari tobora katta rol o‘ynamoqda: 2024-yilda YeOIIdagi yangi loyihalarga kiritilgan investitsiyalar qariyb 23 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
Eng katta faollik transport, qayta tiklanadigan energetika, biotexnologiya va minerallarni qazib olish sohalarida kuzatilmoqda.
Ishtirokchilar kapital uchun raqobat kuchayib borayotgan sharoitda qo‘shma yechimlar ishlab chiqish uchun ma’ruzaning muhimligini ta’kidlashdi.
YeIK Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori Yernar Bakenov ta’kidlaganidek, YeOII qulay investitsiya muhitini shakllantirdi, UNCTAD bilan hamkorlik esa Ittifoqqa global tahdidlarga samaraliroq javob berish va mintaqaning jahon investitsiya bozoridagi mavqeyini mustahkamlash imkonini beradi.
Ma’lumot uchun: BMT Kotibiyati tarkibidagi hukumatlararo tashkilot bo‘lib, u jahon savdosida rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini himoya qiladi. Asosiy maqsadi rivojlanishning barcha jabhalari - savdo, yordam, transport, moliya va texnologiyaga oid siyosatni ishlab chiqishdan iborat.