MDH o‘yinlari: O‘zbekiston sportchilari yana 10 ta medal qo‘lga kiritishdi

III MDH o‘yinlarining navbatdagi musobaqa kuni o‘zbekistonlik sportchilar uchun yana bir muvaffaqiyatli kun bo‘ldi — ular jami 10 ta medal, jumladan 1 oltin, 3 kumush va 6 bronza yutishdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Ozarbayjonda bo‘lib o‘tayotgan III MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi yana bir bor muvaffaqiyat qozondi. Sportchilar jami 10 ta medal — 1 oltin, 3 kumush va 6 bronzani qo‘lga kiritishdi.
Oltin medalni akademik eshkak eshish bo‘yicha Jasur Turg‘unov va Bobur Muhiddinov (1500 metr, U19) dueti yutib oldi.
Kumush medallar esa quyidagi sportchilarga nasib etdi:
B. Hayitboyev / L. Qo‘chqorov — akademik eshkak eshish, 1500 metr (U17);
Ziyodbek Yo‘ldoshev — baydarkada eshkak eshish, 1000 metr (U20);
N. Reynavald / Sh. Hasanov — baydarkada eshkak eshish, 500 metr (U18).
Bronza medal sohibi bo‘lganlar:
Basketbol 3x3 (o‘g‘il bolalar jamoasi);
Nurmuhammad Mo‘minov — qilichbozlik (shpaga);
Shohrux Hasanov — baydarkada eshkak eshish, 1000 metr (U18);
Davlatjon Hamdamov — baydarkada eshkak eshish, 1000 metr (U16);
Muhammadaziz Aripov — kanoeda eshkak eshish, 500 metr (U17);
M. Sherbakov / D. Hamdamov — baydarkada eshkak eshish, 500 metr (U16).
O‘zbekiston MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida 23 ta medal qo‘lga kiritdi