TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Afg‘onistonda uchinchi mamlakatlar harbiy infratuzilmasini joylashtirish mutlaqo nomaqbul. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.
“Biz Afg‘oniston hududida hamda qo‘shni davlatlar hududida har qanday bahona bilan uchinchi mamlakatlarning harbiy infratuzilmasini joylashtirishning qat’iyan qabul qilinmasligini tasdiqlaymiz”, - dedi Lavrov Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati maslahatlashuvlarining yettinchi yig‘ilishida.
Rossiya TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, mintaqadan tashqari o‘yinchilari kuchi bo‘lishi vaziyatni izdan chiqarish va yangi mojarolarga olib kelishga qodir. Afg‘oniston tarixi buni biladi.
“O‘ylanmanki, hamma allaqachon to‘g‘ri xulosalarni chiqargan bo‘lishi shart”, - deya qo‘shimcha qildi Lavrov.
Afg‘oniston bo‘yicha Moskva formati maslahatlashuvlarining yettinchi yig‘ilishida O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston maxsus vakillari ishtirok etmoqda.