Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari Xarkov viloyatidagi Otradnoyeni ozod qildi

Ukraina armiyasi “Shimol” bo‘linmalari ma’suliyatidagi hududda 160 nafardan ziyod harbiysi va qator texnikalaridan mahrum bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatidagi Otradnoe qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari faol va keskin harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Otradnoe aholi punktini ozod qildi”, - deyiladi xabarda.
Bu yo‘nalishda “Shimol” bo‘linmalari Ukraina Qurolli kuchlarining uchta hududdagi uchta brigadasiga zarba berdi.
“Shimol” harbiylari Sumi viloyatida ham harakat qilmoqda. U yerda bir sutka davomida Ukraina armiyasining uchta brigadasi va bitta hujumchi polkiga zarba berildi.
Dushman “Shimol” bo‘linmalari ma’suliyatidagi hududda 160 nafardan ziyod harbiysi va qator texnikalaridan mahrum bo‘ldi. Ular orasida zirhli mashina, avtomobillar va ikkita artilleriya quroli bor.
Bundan tashqari, UQKning ikkita o‘q-dori ombori yakson qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
UQK Severskdagi turar joy binolari orasida ham okoplar qazigan