TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon mezbonlik qilayotgan III MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida ham yuqori natija ko‘rsatib, 7 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Oltin medallar sohibi bo‘lgan sportchilar:
Behruz Rohataliyev — boks, -54 kg
Bobomurod Boymirzayev — boks, -57 kg
Dilshod Ahmadjonov — boks, -63 kg
Oybek Abdurahimov — boks, -70 kg
Xurshid Jo‘rayev — boks, -75 kg
Jamolbek Turg‘unov — akademik eshkak eshish, 1500 metr
Bekzod Boborajabov — kamondan otish, yakkalik turi
Kumush medallar egalari:
O‘tkirbek Norqosimov — boks, -46 kg
Azizbek Shokirjonov — boks, -50 kg
Otabek Nurmuhammadov — boks, -60 kg
Kamronbek Hamdamov — boks, -66 kg
Farhod Bahodirov — boks, +80 kg
Kamondan otish — ayollar jamoaviy bahsi
G‘ulom Qoraboyev — kanoe, 200 metr, U17
Sh. Hasanov / N. Reynavald — baydarka, 200 metr, juftlik, U18
Dzudo — aralash jamoaviy dastur
Bronza medallar sohibi bo‘lgan sportchilar:
M. Kamalov / N. Saidqulova — 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish, mikst
J. Sohibov / M. Tohirova — 10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, mikst
Kamondan otish — erkaklar jamoaviy bahsi
Davlat Hamdamov — baydarkada eshkak eshish, 500 metr, U16
Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev — baydarkada eshkak eshish, 500 metr, U20
Lazizbek Qo‘chqorov — akademik eshkak eshish, 1500 metr
G‘. Qoraboyev / M. Aripov — kanoeda eshkak eshish, 200 metr, juftlik, U17