Rossiya FXX Patigorsk va Krasnoyarskda rejalashtirilgan teraktlarning oldini oldi

Rossiya FXXning qayd etishicha, teraktlar Falastin aholisini himoya qilish bahonasida tayyorlangan. Aslida esa terrorchilar milliy adovat qo‘zg‘atish va ommaviy namoyishlarni keltirib chiqirishni niyat qilishgan.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt – Sputnik. Rossiyaning Krasnoyarsk va Stavropol o‘lkalarida yahudiylar obyektlariga rejalashtirilgan teraktlarning oldi olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Krasnoyarskda shahar sinagogasida qo‘lbola portlash qurililmasi yordamida portlash uyushtirishni rejalashtirilgan ikki markaziy osiyolik qo‘lga olingan.
Ular tashlandiq binoda portlovchi qurilmalarni tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan tarkibiy qismlarni yashirgani aniqlangan.
Patigorskda Yahudiylar diniy jamiyati binosiga yonuvchi aralashmali butilka uloqtirishni rejalashtirgan rossiyalik qo‘lga olingan. Undan ikkita telefon va aloqa vositalari musodara qilingan. Aloqa vositalarida Telegram orqali xorijlik muvofiqlashtiruvchisi bilan yozilmalari aniqlangan.
Holatlar yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining terakt uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish va terrorchilar faoliyatiga ko‘maklashish moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.
Rossiya FXXning qayd etishicha, teraktlar Falastin aholisini himoya qilish bahonasida tayyorlangan. Aslida esa terrorchilar milliy adovat qo‘zg‘atish va butun Rossiya bo‘ylab 2023-yil oktabrida Dog‘istonda bo‘lgani kabi ommaviy namoyishlarni keltirib chiqarishni istashgan.
FXX Qrim ko‘prigida rejalashtirilgan navbatdagi teraktning oldini oldi