TOShKENT, 6 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ozarbayjonga yetib bordi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Gabala xalqaro aeroportida O‘zbekiston yetakchisini Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Karimli, Gabala tumani ijro hokimiyati rahbari Sabuhi Abdullayev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pribil v Azerbaydjan
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston rahbari 7-oktabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) sammitining rasmiy tadbirlarida ishtirok etadi.
"Mintaqaviy tinchlik va xavfsizlik" mavzusida o‘tkaziladigan yig‘ilish kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirishning dolzarb masalalari o‘rin olgan.