O‘zbekiston va YeOII

Indoneziya va YeOII ESH to‘g‘risidagi bitimni qachon imzolashi ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, bitim indoneziyalik investorlar uchun Yevroosiyo bozorlariga imtiyozli kirish imkoniyatini yaratadi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt – Sputnik. Indoneziya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) o‘rtasidagi erkin savdo hududi (ESH) to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralar yakunlandi, uni 2025-yil oxirigacha imzolash rejalashtirilgan. Bu haqda Indoneziya savdo vaziri Budi Santoso ma’lum qildi.
“Yaqinda muhim yutuq Indoneziya va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi o‘rtasida erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarning yakunlanishi bo‘ldi. Imzolash 2025-yil oxiriga rejalashtirilgan. Ushbu kelishuv global noaniqlik sharoitida savdoni kengaytirish va ikkala mamlakatning (Indoneziya va Rossiya federatsiyasi - tahr.) iqtisodiy barqarorligini oshirishga turtki bo‘ladi”, - dedi Santoso RIA Novosti bilan suhbatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ESH rejimi joriy etilgandan so‘ng Indoneziya mahsulotlari ham “Rossiya bozorida raqobatbardosh ustunlikka ega bo‘ladi”. Bundan tashqari, kelishuv indoneziyalik investorlar uchun Yevroosiyo bozorlariga imtiyozli kirish imkoniyatini yaratadi.
Indoneziya bilan muzokaralarni boshlash to‘g‘risidagi qaror 2022-yil may oyida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi tomonidan qabul qilingan.
O‘zbekiston va YeOII
Indoneziya va YeOII o‘rtasida erkin savdo kelishuvini tuzish istiqbollari ko‘rib chiqildi