Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

UQK Severskdagi turar joy binolari orasida ham okoplar qazigan

Severskdagi turar-joy binolari yuzlab metrga cho‘zilgan keng qamrovli okoplar tarmog‘i bilan bir-biriga bog‘langan.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt – Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Seversk shahrini himoya qilish uchun turar-joy binolari va fuqarolik obyektlari orasidan o‘tuvchi okoplar tarmog‘ini qazidi.
Bu haqda "Janub" kuchlar guruhining chaqiruv belgisi "Krizis" bo‘lgan razvedkachi ofitseri RIA Novostiga ma’lum qildi.

"Severskning o‘zida fuqarolik binolari orasidan okoplan o‘tadi. Ukraina Qurolli kuchlari ulardan o‘zlari uchun istehkom sifatida foydalanadilar. Ular ushbu xandaqlar orqali u binodan bu binoga sezdirmasdan o‘tishlari mumkin. Shahardagi okoplar tarmog‘i dastlabki uchta chiziqdan boshlanadi va turar-joy binolari bo‘ylab yuz metrdan oshiqroqqa cho‘ziladi", - dedi "Krizis."

Razvedkachining ta’kidlashicha, shahardagi okoplar ning ariq tarmog‘i nafaqat ko‘p qavatli uylarni bog‘laydi, balki shahardagi garajlar, xususiy uylar, savdo do‘konlari o‘rtasida yuzlab metrlarga cho‘zilgan, turli binolarni bir-biriga bog‘lovchi o‘tish yo‘llariga olib boradi.