TOShKENT, 3 okt — Sputnik. "Uzbekistan Airways" 27-oktabrdan Andijon – Sankt-Peterburg – Andijon yo‘nalishida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Parvozlar haftasiga bir marta – chorshanba kunlari amalga oshiriladi. Aviareyslar jadvali O‘zbekiston vaqti bilan quyidagicha:
Andijondan jo‘nab ketish: 10:00
Sankt-Peterburgga yetib borish: 13:35
Sankt-Peterburgdan qaytish: 15:05
Andijonga yetib kelish: 22:00
Chipta narxlari:
Bir tomonlama: 2 355 000 so‘mdan
Borish-kelish: 4 056 000 so‘mdan boshlanadi
"Yangi aviareys Andijon viloyatidan Rossiyaga o‘qishga, ishlashga yoki yaqinlarini ziyorat qilishga boruvchi yo‘lovchilar uchun qulaylik va vaqt tejamkorligini ta’minlaydi. Shuningdek, bu aviayo‘nalish hududlararo va xalqaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi", – deyiladi kompaniya xabarida.