TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Sputnik multimedia matbuot markazida Rossiyaning yaqin xorijiy davlatlari bilan hamkorligi masalasi muhokama qilinadi.
Ma’ruzachi sifatida Rossiya Federatsiyasining Federatsiya Kengashi Xalqaro ishlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Vladimir Djabarov ishtirok etadi.
Moskva – Minsk – Nursulton – Yerevan – Toshkent – Tbilisi videoko‘prigidagi tadbir 7-oktabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da boshlanadi.
Rossiyaning qo‘shni davlatlar bilan hamkorligidan tashqari, ishtirokchilar e’tibori xalqaro kun tartibdagi dolzarb masalalarga qaratiladi.