O‘zbekiston va Ozarbayjon futbol bo‘yicha U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi

Mazkur musobaqa FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon 2027-yilgi FIFA U-20 jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
Tegishli qaror FIFA kengashining navbatdagi yig‘ilishida qabul qilingan.
Ta’kidlanishicha, mazkur musobaqa FIFA tomonidan o‘tkaziladigan milliy terma jamoalar o‘rtasidagi jahon chempionatidan keyingi ikkinchi nufuzli musobaqa hisoblanadi.
O‘zbekiston va Ozarbayjon bu jahon chempionati mezbonligi uchun iyulda birgalikda ariza bergandi.
Futbol: O‘zbekiston Kuvayt bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi