Futbol: O‘zbekiston Kuvayt bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabrda bo‘lib o‘tadigan FIFA kunlarida Kuvayt bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktabr oyida Kuvayt terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv 9-oktabr kuni soat 18:00 da Toshkentdagi "Olimpiya" stadionida bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, "oq bo‘rilar" 13-oktabr kuni Malayziya poytaxti Kuala Lumpurda Urugvayga qarshi maydonga tushadi.
Bu o‘rtoqlik o‘yinlari milliy jamoaning FIFA jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida tashkil etilmoqda.
Eslatamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor 2026-yilda AQShda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma olgan.
CAFA Nations Cup 2025: O‘zbekiston chempion bo‘ldi