Xalqaro muloqot maydoniga aylangan dars: o‘quvchilar rus tili ahamiyatini muhokama qilishdi

Videoko‘prik orqali to‘rtta davlat maktab o‘quvchilari tengdoshlari bilan bog‘lanishdi hamda tarmoq orqali jonli muloqot qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt – Sputnik. “Xorijdagi rossiyalik o‘qituvchi” loyihasi doirasida “Rus tili — millatlararo muloqot va do‘stlik tili” mavzusidagi videoanjuman o‘tkazildi. Bu haqda loyiha matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, anjumanda O‘zbekiston, Misr, Qozog‘iston va Tojikiston maktab o‘quvchilari ishtirok etishgan.
Russkiy yazik – yazik mejnatsionalnogo obsheniya i drujbi
Teleko‘prik davomida turli mamlakatlardagi maktab o‘quvchilari o‘zaro real vaqt rejimida muloqot qilib, o‘z yurti, madaniyati, milliy an’analari va urf-odatlari haqida tayyorlagan taqdimotlari bilan o‘rtoqlashgan. Shuningdek, shaxsiy hayotlaridan qiziqarli voqealar va faktlar bilan ham rus tilida bo‘lishishgan.
“Xalqaro teleko‘prik – bu rus tilining bugungi kunda ham xalqlar va madaniyatlar o‘rtasida jonli ko‘prik bo‘lib xizmat qilayotganining yaqqol isbotidir. Til bolalarga o‘rganish, muloqot qilish va do‘stlashishda chegaralarni yengishga yordam beradi”, – deya ta’kidladi tojikistonlik pedagog Anjela Sarkisan.
Tadbir yakunida bunday onlayn-uchrashuvlarni muntazam ravishda tashkil etish bo‘yicha yakdil qarorga kelingani aytildi.
Ma’lumot uchun, “Xorijdagi rossiyalik o‘qituvchi” xalqaro gumanitar loyihasi Rossiya Maorif vazirligi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston yoshlariga rus tilini o‘rganish nega kerak — mutaxassis javobi