Matbuot markazi

ShHT va O‘zbekiston: hamkorlikning yangi ufqlari

O‘zbekiston va Rossiya ekspertlari Tanszindagi ShHT sammiti hamda Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon atom haftaligi yakunlarini muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Toshkentdagi Sputnik matbuot markazida “ShHT transformatsiya sharoitida: O‘zbekiston tashabbuslari va yangi ufqlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Suhbatda ishtirok etgan Markaziy Osiyo xalqaro instituti bo‘lim mudiri Doniyor Qurbonov ShHT sammitida qabul qilingan Tanszin deklaratsiyasining Markaziy Osiyo uchun ahamiyati hamda ShHTning 2035-yilgacha rivojlanish dasturi hamda 2030-yilgacha mo‘ljallangan energetik hamkorlik "yo‘l xaritasi" haqida hikoya qilib berdi.
Rossiya fanlar akademiyasining IMEMO instituti Markaziy Osiyo bo‘limi boshlig‘i Stanislav Pritchin esa noyob foydali qazilmalar masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

"Bugungi kunda dunyo miqyosida noyob va strategik ahamiyatga ega metallarga talab ortib bormoqda. Ularning katta zahiralariga ega bo‘lgan Markaziy, tabiiyki, global qiziqish markazida", - dedi u.

Shuningdek, mutaxassis Moskvada bo‘lib o‘tgan Jahon atom haftaligida Rossiya va O‘zbekiston atom energetikasi sohasida erishgan kelishuvlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekiston bilan yadroviy sohada uzoq yillik aloqalarni hisobga olgan holda, bu kelishuv, albatta, Rossiya Federatsiyasi uchun ham, 2030-yilga qadar ildam iqtisodiy rivojlanishni maqsad qilgan O‘zbekiston uchun ham — hayotiy muhim qaror bo‘lgdi”, - dedi Pritchin.
To‘liq suhbatni videolavhamizda tomosha qiling.