TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Dnepropetrovskagi telefon firibgarlari ofisiga zarba berdi. Bu haqda Ukrainadagi yashirin ko‘ngililar harakati vakili RIA Novostiga xabar berdi.
Vayron qilingan koll-markaz videosi Ukraina ijtimoiy tarmoqlarida tarqaldi. Yashirin ko‘ngillilar harakati vakili so‘zlariga ko‘ra, Dnepropetrovskda shunga o‘xshash ko‘plab qo‘ng‘iroq markazlari mavjud.
Rossiya FXX ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainada Rossiyaga qarshi firibgarlik bilan shug‘ullanuvchi 150 ka yaqin koll-markazlari faoliyat yuritadi. Ularning "daromadi"ning katta qismi Ukraina Qurolli kuchlari va millatchi guruhlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.
O‘tgan tunda Rossiya Qurolli kuchlari, shuningdek, Odessa viloyatidagi Izmailda joylashgan kema ta’mirlash zavodiga ham zarba berdi.
"Zarba kemalarni ta’mirlash zavodiga berildi. Biroz oldin ushbu korxona hududiga Ruminiyadan bir necha harbiy katerlar olib kelingan edi. Bu yerda shuningdek Ukraina harbiy katerlari qayta jihozlanadi", - deb xabar qildi Nikolayev viloyatidagi yashirin vakili Sergey Lebedev.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, bu yerda harbiy kemalar va ularning ekipajlari diversion operatsiyalar uchun tayyorlangan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina infratuzilmasiga zarba berishni 2022-yil 10-oktabrda, Ukraina razvedka xizmatlari tomonidan Qrim ko‘prigidagi amalga oshirilgan teraktdan ikki kun o‘tib boshlagan edi.
Shu vaqtdan boshlab, Rossiya Ukraina Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi, texnika va yollanma askarlari joylashgan joylarga, shuningdek, hududiy chaqiruv markazlari, energetika obyektlari, mudofaa sanoati obyektlari, harbiy qo‘mondonlik va boshqaruv obyektlari va aloqa vositalariga zarba bermoqda.
Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya fuqarolik obyektlari, turar-joy binolari yoki ijtimoiy muassasalarni nishonga olmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Shu bilan birga, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya fuqarolik obyektlari, turar-joy binolari yoki ijtimoiy muassasalarni nishonga olmasligini bir necha bor ta’kidlagan.