Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya hududida 100 metr chuqurlikda joylashgan masjid ochildi

Maxsus operatsiyaning janglar bo‘layotgan hududida yer ostida 100m chuqurlikda joylashgan masjid ochildi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Maxsus operatsiya hududida ikkita yer osti masjidi ochildi, deb xabar berdi Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi (DUM RT) matbuot xizmati.
“DUM RT diniy yetakchilari maxsus operatsiya zonasiga navbatdagi tashrifni amalga oshirdi. Ular "Alga" batalonining 72-brigadasi va "Batir" batalonining 35-brigadasi uchun insonparvarlik yordami olib borishdi. Tashrif chog‘ida ikkita yer osti masjidi ochildi. Ulardan biri 100 metr chuqurlikda joylashgan bo‘lib, u 10 kishini sig‘dira oladi. Har ikki masjid ham frontda joylashgan”, — deyiladi xabarda.
Musulmon tashkilotining qayd etishicha, brigada qo‘mondonligi, Tatariston Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi (DUM RT) batalonlarining harbiy imomlari Ruslan Agmalov va Muhammad Xayrullayevlar hamda oddiy askarlar ushbu masjidlarni barpo etish tashabbuskori bo‘lgan.
V zone SVO otkrili podzemnuyu mechet na glubine 100 metrov
2025 yil boshida Tatariston muftiysi Komil Samigullin "Batir" bataloni askarlari uchun blindaj masjidi ochgan edi. Aprel oyida 90-tank diviziyasining 80-polkida ham xuddi shunday masjid ochildi. Tatariston muftiysining tashabbusi va fuqarolar xayriya mablag‘lari hisobidan evaziga sotib olingan va ta’mirlangan uchta ko‘chma masjid ham maxsus operatsiya zonasidagi "Batir", "Alga" va "Timer" batalonlariga yuborilgan edi.