TOShKENT, 30 sen – Sputnik. 29-sentabr kuni Ozarbayjonda o‘tayotgan MDH o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari 20 ta medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
O‘yinlarning bu kuni O‘zbekiston delegatsiyasi uchun serhmahsul o‘tdi.
Atletlar kun davomida 3 ta oltin, 3 ta kumush va 14 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.
Oltin medal:
- Azamat Qayumov (stenddan otish, trap)
- Muhammadusuf Yusufjonov (sambo, 71 kg)
- Bilolbek Abdugapparov (sambo, 79 kg)
Kumush medal:
- Adelina Hasanova (stol tennisi, yakkalik)
- Valeriya Xegay (taekvondo WT, -46 kg) - Gamzat Maksetbayev (sambo, -53 kg)
Bronza medal: - Stol tennisi, erkaklar jamoaviy dasturi
- Stol tennisi, ayollar jamoaviy dasturi
- Stol tennisi, ayollar juftlik dasturi
- Stol tennisi, erkaklar juftlik dasturi
- Rahmatillo Abdurashidov (stol tennisi, yakkalik)
- Maftuna Gulimova (stol tennisi, yakkalik)
- Javlon G‘aniyev (200 metrga batterflyay usulda suzish)
- Muhammadismoil Rahmonov (50 metrga batterflyay usulda suzish)
- Shohjahon Ahmedov (taekvondo WT, -63 kg)
- Mubina Bobosaidova (taekvondo WT, -62 kg)
- Avaz Ergashev (sambo, -58 kg) - Davlatjon Kozimov (sambo, -64 kg)
- Shohjahon G‘olibov (sambo, -88 kg)
- Saidahmad Ravshanov (sambo, -98 kg)