Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Orban Trampga Rossiya Ukrainada g‘alaba qozonganini ma’lum qildi

Vengriya bosh vaziri Trampga ruslar g‘alaba qozongani va bu masala yopilganini aytgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Ukrainadagi mojaro yakuni hal qilingan – Rossiya g‘alabasi ayon, deb hisoblaydi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban. Bu bunday fikrni AQSh rahbari Donald Trampga bildirgan.

“Amerika prezidenti bu masala yuzasidan mening fikrimni so‘ragan edi. Men javob berdimki, urush yakuni hal: ruslar g‘alaba qozondi. Bu masala yopildi”, - dedi Orban. Uning so‘zlaridan “Index” portali iqtibos keltirgan.

Vengriya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, mojaro faqat qanday yakunlanishi noayon – faqat AQSh ko‘magida yoki Yevropa ham muzokaralarda ishtirok etadi.
Orban Zelenskiyni Vengriyani ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi