O‘zbekiston va YeOII

Belarus MDH va YeOIIni adolatli dunyo barpo etishning jiddiy ishtirokchilari sifatida ko‘radi

OII ochiqlik va o‘zaro manfaat tamoyillari asosida mustahkam iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga misol bo‘lishi kerak, deydi Lukashenko.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen – Sputnik. Belarus Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini (YeOII) adolatli ko‘p qutbli dunyo barpa etishning jiddiy ishtirokchilari sifatida ko‘radi. Bu haqda mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevroosiyo hukumatlararo kengashi va MDH hukumatlari kengashi majlislarida ishtirok etayotgan hukumatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Belarus MDH va YeOII adolatli ko‘p qutbli dunyo barpa etishning jiddiy ishtirokchilari sifatida ko‘radi. Aslida, YeOII va MDH orqali integratsiyalarni bir-biriga biriktirishga mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlikning ko‘p darajali mexanizmi shakllandi”, - dedi Lukashenko.

Belarus rahbarining fikricha, MDH siyosiy va gumanitar sohalarda teng huquqli munosabatlarni mustahkamlashga yordam beradigan nufuzli tashkilot sifatida mustahkamlanishi kerak.
O‘z navbatida, YeOII ochiqlik va o‘zaro manfaat tamoyillari asosida mustahkam iqtisodiy aloqalarni o‘rnatishga misol bo‘lishi kerak, deydi Lukashenko.
MDH Hukumat rahbarlari majlisida ilm-fan, iqtisodiyot va xavfsizlik kelishuvlari imzolandi