TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Sputnik matbuot markazida 30-sentabr soat 14:00 da “ShHT transformatsiya sharoitida: O‘zbekiston tashabbuslari va yangi ufqlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tadi.
31 avgust-1 sentabr kunlari Xitoyda bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti tashkilotga yangi turtki berdi va uning siyosiy ahamiyatini oshirdi, Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish uchun sharoit yaratdi.
ShHT doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekistonning qanday takliflari ustuvor ahamiyat kasb etadi? Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari uchun qanday qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilmoqda?
Sputnik matbuot markazidagi davra suhbatida ishtirokchilar shu haqda so‘z yuritishadi:
Ishtirokchilar:
Markaziy Osiyo xalqaro instituti (MOXI) bo‘lim boshlig‘i Doniyor Qurbonov;
RFAning Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining Markaziy Osiyo sektori rahbari Stanislav Pritchin.
Anjumanga jurnalistlar taklif etiladi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun murojaat:
+998971907178
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri Alisher Akimbayev.