Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya armiyasi DXRdagi Shandrigolovo qishlog‘ini ozod qildi

Aholi punktini “G‘arb” qo‘shinlari guruhi keskin xatti-harakatlar natijasida ozod qilishga erishgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 sen – Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Donesk Xalq Respublikasidagi (DXR) Shandrigolovo qishlog‘ini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari taktik vaziyatini yaxshiladi va keskin xatti-harakatlar natijasida DXRdagi Shandrigolovo aholi punktini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi Kolodezniy, Boldirevka, Petrovka va Staroverovka hududlaridagi Ukraina Qurolli kuchlari brigadalariga zarba bergan.
Rossiya mudofaa idorasi Ukraina tomoni bu hududda 200 nafardan ziyod harbiysidan mahrum bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, uchta tank, ikkita zirhli mashina, 13 ta avtomobil va to‘rtta dala artilleriyasi quroli yakson qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukraina bir kunda 1500 nafarga yaqin askarini yo‘qotdi